Bugun fermer xo‘jaliklarining dala maydonlariga borsangiz bahorgi yumushlar qizg‘in pallaga kirganiga guvoh bo‘lasiz. Joriy yil hosili uchun o‘tgan kuzda ekilib, parvarishlanayotgan ko‘m-ko‘k bug‘doyzorlar dengiz misol to‘lqillanib, ko‘zingni quvnatadi...
Respublikamizda jami 53 ming gektarga bug‘doy ekilgan. O‘z vaqtida 2490 fermer xo‘jaliklari maydonlarida tegishincha taqsimlab ekilgan bug‘doy maysalari agrotexnik qoidalar asosida parvarishlanmoqda. Bug‘doy maydonlarining har 3 gektariga bir dona hisobidan jami 17 ming 660 dona xandaklar qazildi. Shuningdek, chorva mollari va transportlar tomonidan payxon qilinishining oldini olish maqsadida 211,2 kilometr uzunlikka chetan to‘siqlari tortildi.
ответ