Bolalar muallimalari bilan birga shahar aylangani
chiqishdi. Katta-katta imoratlar, favvoralar, turli-tuman
do‘konlarni tomosha qilishdi. Bitta ajib imorat oldida ular
ancha to‘xtab qolishdi. Bino milliy naqshlar bilan bezatilgan.
Uni bir necha baquvvat, naqshinkor ustunlar ko‘tarib turardi.
Bolalar imorat atrofini gir aylanib chiqishdi. Uning ustunlari
anchagina ekan.
128
— Ustoz, — so‘rab qoldi bolalardan biri, — bitta ustuni
kam bo‘lsa bo‘lmaydimi?
— Bo‘lmaydi, chunki har bir ustunning o‘z vazifasi bor.
Shu payt Nilufar ustoziga yaqinroq bordi-da:
— Ustoz, biz ham ustunlarmiz-a? — dedi o‘ylanib. Muallima avvaliga qizchaning nima demoqchi ekanini tushuna olmadi. Keyin xursand bo‘lib ketdi.
— To‘g‘ri aytding, Nilufar. Kelajakda har bittangiz o‘z
oilangizning ustuni, qolaversa, O‘zbekistonimizni yelkasida
ko‘tarib turadigan ustunchalari bo‘lasiz.
Nilufarning gapi boshqa bolalarning fikrlarini ham uyg‘otib
yubordi…
— Mard bolalar O‘zbekistonga ustun bo‘ladi-a, ustoz?
— Albatta!
— Mardlar Vatanni qo‘riqlaydi-a?
— Albatta!
— Nozima ham ustun bo‘ladimi?
— Ha.
— Aziz-chi?
— U ham.
— Voy-bu, unda ustunlar rosa ko‘p bo‘larkan-da?
— Vatanimizning ustunlari ko‘p bo‘ladi, yuzlab, minglab,
millionlab. Ular bir qudratli kuch bo‘lib, O‘zbekistonni e’zozlab
qo‘llarida ko‘tarishadi. Uni asrashadi, avaylashadi. Obro‘si va
sharafini himoya qilishadi.
составить во к тексту
1.Bolalar shahar aylangani chiqishganda nimalarni tomosha qilishdi?
-Bolalar katta-katta imoratlar, favvoralar, turli-tuman
do‘konlarni tomosha qilishdi.
2.Nimaning oldida ancha to'xtab qolishdi?
-Bitta ajib imorat oldida ular ancha to‘xtab qolishdi.
3. Bino qanday bezatilgan ekan?
-Bino milliy naqshlar bilan bezatilgan ekan.
4.Nega binoda bitta ustun kam bo'lsa bo'lmas ekan?
- Chunki har bir ustunning o‘z vazifasi bor ekan.
5.Bolalar kimlarning yoki nimalarning ustunlari bo'lar ekanlar?
-Kelajakda har bittalari o‘z oilalalarining ustuni, qolaversa, O‘zbekistonimizni yelkasida ko‘tarib turadigan ustunchalari bo‘lar ekanlar.
6.Qanday bolalar O‘zbekistonga ustun bo‘lar ekan?
-Mard bolalar.
7.Mardlar nima qilishar ekan?
-Vatanni qo'riqlar ekanlar.
8.Vatanimizning ustunlari ko'p bo'larkanmi yoki kammi?
-Vatanimizning ustunlari ko‘p bo‘ladi, yuzlab, minglab, millionlab.
9.Ular birlashib nima qilishar ekan?
Ular bir qudratli kuch bo‘lib, O‘zbekistonni e’zozlab qo‘llarida ko‘tarishadi. Uni asrashadi, avaylashadi. Obro‘si va sharafini himoya qilishadi.
Объяснение:
Можете доверять ответу. Я сама составила. ответ не из интернета!!
Надеюсь что смогла вам ^_^
Удачи ^_^