2- mashq. Fe'l boʻlmagan soʻz bilan fe'ldan yasalgan qo'shma fel larni bosh shaklda ko'chirib yozing.
1. Ona oʻz bolasi bilan bog'da sayr qilmoqda. 2. Biz onamizni
xursand qilish uchun astoydil harakat qilamiz. 3. Aziza uy ishlarida
oyisiga yordam berdi. 4. Badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqishimga
onam kuchli ta'sir ko'rsatdi. 5. Men onamning ko'zlaridagi
mehrni his qildim. 6. Akam matnni oʻzbek tiliga tarjima qildi. 7. Biz
ustozlarimizga hamisha ta'zim qilamiz.
1. Sayr qilmoqda.
2. Harakat qilamiz.
3. Yordam berdi.
4. Ta'sir ko'rsatdi.
5. His qildim.
6. Tarjima qildi.
7. Ta'zim qilamiz.