Tabiat — bu bizni o'rab turgan barcha narsalar, borliq, havyonot va o'simliklar dunyosi. Inson yaratilibdiki, tabiat kaftida. Nimaiki qilsa ham tabiatga tayanadi. Har qadamda tabiat unsurlaridan bo'lgan narsalarni ishlatadi. Tug'ilganimizdan beri tabiat qo'ynida ungan ne'matlarni totib kelmoqdamiz. Uni asrab-avaylash zarur. Zarar etkazmay, uning unsurlaridan to'g'ri foydalanaylik. Tabiatda barcha narsa bir-biriga uyg'un. Unga ziyon qilsak — tabiat muvozanatini buzgan bo'lamiz. Qolaversa, tabiatga nima qilsak barchasi o'zimizga qaytadi. Chunki biz tabiatning ajralmas qismimiz. Uni asraganimiz o'z hayotimizni asraganimiz bo'ladi. Uni ranjitish esa insonlik sha'nimizga munosib ish emasdir. Onamizni asragandek asraylik ona-tabiatni.
Sharq adabiyotidagi eng keng tarqalgan lirik janr. G'azal arab tilidan ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo'lish kabi ma'nolarni anglatar ekan. Alisher Navoiy bobomiz 2600dan ortiq g'azal yozib, bu janrni turkiy tilda boyitganlar. G'zallar dastlab ishqiy mavzuda yozilgan. Hozirga kelib juda ko'p turlari yuzaga kelgan. Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azal yaratganlar.
G'azal mutolaasi mening sevimli mashg'ulotlarimdan biri. Faqatgina o'qish emas, balki, o'zimga yoqqanlarini yodlab ham olaman. Bo'sh vaqtlarimda asosan Alisher Navoiy bobomizning g'azallarini o'qib turaman. Yodlagan g'azallarimni yoddan oqqa ko'chiraman. Shunday qilsam g'azallarni yanada yaxshiroq yod olaman. G'azallardan zavq olaman. Qanday mavzuda bo'lmasin barcha g'azallardan tarbiyaviy qandaydir dars olaman. Men o'zim sevgan g'azallarni do'stlarimga ham tavsiya qilaman.
Men eng sevgan g'azallardan biri Alisher Navoiyning "Kelmadi" g'azali. Ushbu g'azal muhabbat mavzusida yozilgan. Navoiyning shoh asarlaridan bo'lib, hozirda "Munojot" kuyi bilan xalqqa tanish. Bu asar voqea, qandaydir turtki asosida yaratilganligi g'azaldan sezilib turadi. O'z yorini dard, a'lam ila kutgan oshiq iztiroblaridir. Bu g'azal meni jozibadorligi va dardliligi bilan jalb qildi. Men g'azal mutolaasini yaxshi ko'raman.
TABIAT VA BIZ

G'azal shaydosiman.
Reja:
1)G'azal nima?
2)G'azal mutolaasi — mening sevimli mashg'ulotim
3)Men sevgan g'azal