Составьте 7 вопросов к этому тексту.
yaxshi xulq — yaxshi husn
yaxshilikning katta-kichigi bo‘lmaydi. bir odamga ochiq
chehra bilan muomala qilish, keksalarni ko‘chaning narigi betiga
o‘tkazib qo‘yish, jamoat transportlarida ularga joy bo‘shatib
berish ham insoniy fazilatlardir. bir og‘iz shirin so‘z kishiga
qanchalik xursandchilik bag‘ishlasa, noo‘rin aytilgan sovuq gap
odamning dilini shunchalik vayron qiladi. kishi qaysi kasb egasi
yoki qanday yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, odamlar bilan
yaxshi munosabatda bo‘la olmasa, u kasbini ham, qadrini ham
yo‘qotadi. odam samimiyligi bilan obro‘ topadi. o‘ylamasdan
aytilgan so‘zlar, quruq va’dalar kishi obro‘sini ketkizadi.
xushmuomala bo‘lish madaniyatlilik belgisidir.
1)Nega yaxshi xulqli bo'lish bizga foyda keltiradi?
2)Jamoat transportlarida kattalarga joy bo'shatmaydigan odamlar haqida fikringiz qanday?
3)Nima deb o'ylabsiz, betayin odam xalq orasida obro'-e'tiborga erisha oladimi?
4)Madaniyatsiz odam xushmuomala bo'lishi mumkinmi?
5)Samimiy inson har doim ham xushmuomala bo'la oladimi?
6)Quruq va'dalar nega obro'ga ziyon yetkazadi?
7)Har doim ham samimiy, xushmuomala bo'lish shartmi?