Shirin qanday qiz?
shirin maktabdan keldi. qarasa, uyda hech kim yo'q. dadasi
ishda. oyisi ham hali ishdan kelmabdi. u xonaga kirib, kiyimlarini
almashtirib chiqdi.
nima ish qilsam ekan-a? " dedi o'ziga o'zi. hamma yoqda
ukasining o'yinchoqlari sochilib yotardi.
uylarni yig'ishtirib, tozalab chiqsammikan? "
xayolidan
o'tkazdi shirin. ammo shu payt qorni ochib qolganini payqadi.
oshxonaga kirib, nonga saryog' surtib yeya boshladi. termosdagi
issiq choydan piyolaga quyib, murabbo bilan ichar ekan, yuvuq-
siz idish-tovoqlarga ko'zi tushdi. ertalab o'zi choy ichgach, ,, mak-
tabga kech qolaman", deb yuvmasdan qoldirib ketgan edi.
hozir choyimni ichib bo'lgach, oshxonani tartibga keltirib qo'-
yaman", deb o'yladi.
yoki yaxshisi, biror ovqat qilib tursammikan-a? " dedi
birozdan keyin ikkilanib, - ,, onam ham ishdan kelib, rosa se-
vinardilar".
yo'q, avval idish-tovoqlarni yuvib, uylarni tozalab, keyin
ovqatga unnayman", degan qarorga keldi. u choyini ichib
bo'lgach, qorni to'yib, erinibgina o'rnidan turdi. endi unga uy
tozalash ham, idish-tovoqlarni yuvisham yoqmay qolgandi.
ee, dedi yana o'ziga o'zi. -
ovqat qachon pishadi? onam
o'zlari kelsalar, tezroq va shirinroq qiladilar. o'shatda yuvarman
idishlarni ham", deb o'yladi.
shirin nima qilishini bilmay, mehmonxonaga kirdi. shu payt
ko'zi televizorga tushdi. ,, topdim, -- dedi sevinib. yaxshisi,
multfilm ko'rib turaman".
u televizorning tugmasini bosib, uning ro'parasidagi kresloga
o'zini tashladi
переведите на !