Fe’lning bu shakli quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: 1. Shart mayli shaklidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakatni bildiradi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi. 2. Shart maylidagi fe’l payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Ertalab derazadan qarasam, hammayoq oppoq qor ekan. 3. Istak ma’nosini bildiradi. Bunday holda edi to‘liqsiz fe’li ishtirok etib bu ma’noni kuchaytiradi: Qani edi bir parcha soya-salqin joy topilsa.4. Agar edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangan shart maylidagi fe’l bo‘lishsiz shaklda qo‘llansa, gumon manosi hosil
bo‘ladi: Biror qaltis gap aytib, sharmanda qilmasa edi.
Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas, balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding, yubormoqchi edi.

Объяснение: