SAVOLLARGA JAVOB BERING. Insonning Vatani qayerda bo‘ladi?
Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
Vatanga sadoqat nimalarda aks etadi?
Berilgan matnlarni o‘qing. Vatanparvarlik tushunchasini To‘maris, Shiroq, Spitamen qahramonlari timsolida ifodalang.
TO‘MARIS
Eng qadimgi zamonlarda Araks (Amudaryo) yoqalarida boshqa qabilalar qatori massagetlar ham yashar edi. Ularga marhum podshoning bevasi - malika To‘maris boshchilik qilar edi. Tabiati go‘zal bu yurtga va uning xalqiga egalik qilmoqchi bo‘lgan Eron shohi Kir (Kayxusrav) malika To‘marisga uylanmoqchi bo‘ladi. To‘maris uning asl maqsadini fahmlab, taklifni rad etadi. Kir esa massagetlar yurtiga qo‘shin tortib keladi. Malika To‘maris uni mudhish niyatidan qaytarishga urinadi. Kirning o‘z fikridan qaytmasligini bilgan To‘maris uning o‘z qo‘shinlari bilan daryodan massagetlar yurtiga o‘tishiga imkon beradi.
To‘maris o‘z yurtdoshlari bilan daryodan uch kunlik yo‘lga borib turadi. Kirning qo‘shini massagetlar yurtiga o‘tib olgach, urush tadbirlarini ko‘radi. Kir hiyla ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparganisni yigitlari bilan asir qilib oladi. Hiyla bilan asir tushganligini fahmlagan Sparganis uyatdan o‘limni afzal ko‘rib, o‘zini o‘ldiradi. Bu voqeadan xabar topgan To‘maris Kirning qo‘shini bilan urushga chiqadi.
Malika To‘maris bosqinchi Kirga qarshi jangga borar ekan: “Sening qonga tashnaligingni qondiraman”, deb ont ichadi. Malika To‘maris qo‘shini bilan Kir jangchilari o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv bo‘ladi. Jangda o‘z yurti, o‘z ozodligi uchun o‘limdan ham qaytmaydigan massagetlar g‘olib chiqadi. Eron shohi Kir o‘ldiriladi. Uning jangchilari qurol-aslahalarini tashlab qochadilar. O‘z qasamiga sodiq malika To‘maris esa ayovsiz jangda o‘ldirilgan bosqinchi Kirning boshini kestirib, qon bilan to‘ldirilgan meshga soldiradi. O‘z yurtini, xalqini sevgan, uning ozodligi uchun erkaklar kabi janglarda qatnashgan malika To‘marisdek mard xotin-qizlar bu yurtda ko‘plab o‘tishgan. Shuning uchun ham xalq ularning qahramonliklari haqida qo‘shiqlar, dostonlar, rivoyatlar to‘qigan.
1-Insonning Vatani qayerda bo'ladi?
O'zi yashab turgan joy, insonning o'zini Vatani bo'ladi.
2-Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
Insonning o'zini Vataniga bo'lgan sevgisi, sadoqati, muhabbati Vatanparvarlik hisoblanadi.
3-Vatanga sadoqat nimalarda aks etadi?
Vatanining boshiga qiyin kunlar kelganda, unga yordam kerak bo'lganda, tashlab ketmasdan mardonavor turib berganda Vatanga sadoqat aks etadi.
4-Berilgan matnlarni o'qing. Vatanparvarlik tushunchasini To'maris, Shiroq, Spitamen qahramonlari timsolida ifodalang.
Ularning Vataniga bo'lgan muhabbati shunchalik kuchli ediki, hatto o'zlarining jonini Vatan uchun fido ham qilaolardilar, ular Vatan uchun xizmat qildilar, bunday Vatanparvarlik tushunchasini hamma bilishini hohlagan bo'lar edim.
Объяснение:
ответ: Инсонни Ватани тугилиб усган жойи булади. Ватанпарварлик - кишиларнинг она юртига мухаббати ва садокатини ифодалайдиган тушунча. Ватанпарвар — ўз ватани камолоти йўлида, ўз халқига муҳаббати туфайли эзгуликлари тугул, жонини ҳам аямайдиган инсондир, халққа ва ватани озодлиги, фаровонлиги учун ўзини қурбон қилувчи инсондир. Малика Тумарис хам аёл киши булишига карамай, уз халкини, юртини севгани учун жонини тикиб эркаклар каби жангларда катнашган. Малика Тумариснинг бу харакатлари ватанпарварлик ва уз ватанига содиклигидан далолатдир!
Объяснение: