В
Все
Б
Биология
Б
Беларуская мова
У
Українська мова
А
Алгебра
Р
Русский язык
О
ОБЖ
И
История
Ф
Физика
Қ
Қазақ тiлi
О
Окружающий мир
Э
Экономика
Н
Немецкий язык
Х
Химия
П
Право
П
Психология
Д
Другие предметы
Л
Литература
Г
География
Ф
Французский язык
М
Математика
М
Музыка
А
Английский язык
М
МХК
У
Українська література
И
Информатика
О
Обществознание
Г
Геометрия
Granger341
Granger341
04.05.2023 03:39 •  Другие предметы

"Millatning quyoshi-Navoiy bobom" mavzusida matn tuzing. Gaplarda ma'nodosh so'zlarni qo'llang

Показать ответ
Ответ:
Ekaeterina44
Ekaeterina44
21.02.2021 17:34

Salkam olti asr mobaydida  butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “Shams ul millat” yani “millat quyoshi” deb hamma davrda ezoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko’tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tanitish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonini qaror toptirishga bag’ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to’la to’kis munosib va haqlidir. Shunday emasmi? O’zingiz o’ylab ko’ring-a agar ul inson bo’lmaganda biz qaysi tilda gaplashar edik? Bu bizga qorong’u. Bunga javoban mustaqilligimizdan so’ng bir guruh o’zbekistonliklar tomonidan Xirotdagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish uchun Andijondan olib borilgan 1150 tub sasna, tut, kashtan, chinor kabi manzarali daraxt ko’chatlari, shuningdek 1000 tubdan ortiq manzarali daraxt va gul ko’chatlarni o’tqazdilar. Hamda eng asosiysi qabr ustiga sag’ana toshi (qimmatbaxo tosh) o’rnatildi hamda maqbara tiklandi. Shu bilan birga buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning qabr maqbarasini ham tiklash va ziyoratgohga aylantirish kabi ulug’ ishlar amalga oshirildi. Qarovsiz qoldirilgan bu qadamjolar ziyoratgohlarga aylantirildi. Tarixni ulug’laydigan o’zbek xalqining ko’zidagi bu shijoatni, hurmat ehtiromni ko’rgan Xirotliklar ham qaysidur ma’noda xijolat terisiga g’arq bo’lishdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

A.Navoiy Temuriyzodalardan biri Husayn Bayqaro bilan tarbiyalangan. Turk, fors,va arab tillarini mukammal egallagan.  Husayn Bayqaro taxtga kelgach, muxrdor, bosh vazir, Astraobod hokimi kabi lavozimlarda ishlagan. A Navoiy saroydalik davrida xalq farovonligi va osoyishtaligi yo’lida kurashgan.  O’z mablag’lari hisobidan bir nechta madrasa, masjid, tabobathona,  ko’prik va hovuz qurdirgan va tamirlatgizgan.  

Navoiy ma`naviyati va insonparvarlikning markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo`yicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug`lab o`tgan. Kishilar g`amida bo`lish, yaxshilik muruvvat ko`rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo`lgan. Bu insonning kamtarligini oddiy misoli sifatida uning qabrida mana bu so`zlar bitib qo`yilgan: “Shohi g`aribon”, ya`ni g`ariblar, yolg`izlar, faqirlar shohi.

She’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlarining asarlarini qo’lga olmoq va dilni nuravshon qiluvchi boqiy so’zlarni diqqat bilan o’qib xatm qilmoq, undagi manolarni avlodlar qalbiga singdirmoq banis odam farzandi uchun eng ulug’ va savobli amallardan desam xato bo’lmaydi. Mana bu mashhur ruboiysida Navoiy Vatanga shunday tarif beradi:

“G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish.”

G’urbat-vatandan ayrilish , G’arib esa yurtdan yiroqda qolgan odamni bildiradi.  

Ruboiyda o’z yurtidan ayrilgan odamga hech kim vatanichalik mehr bera olmaydi. Agar bersa ham bu mehr unga tatimaydi, degan mano ilgari surilgan.

Vatantuyg’usini o’zi uchun yuksak deb bilgan Navoiy to’g’risidagi bir rivoyatni aytib o’tmoqchiman: “Hazrat Mir Alisher Navoiy masjidda namozdan turiboq uyi tomon shoshilib ketibdi, keyin do’stlari ul zotdan buni sababini so’rabdilar va  Navoiy shunday mazmunda: “Taxorat olayotgan chog’imda bir chumoli kiyimimga ilashib men bilan masjidga kelib qolibdi. Bechora vatanidan ayrilib qolibdi deb o’z makoniga olib bormoqchi bo’lgandim, shoshilganimning boisi shu edi” deb  javob beribdi.

Inson qalbini quvonchu-qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham  bizning ongu-shurimizga, yurtimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Ayniqsa biz yoshlar bu bebaho merosdan qancha ko’p bahramand bo’lsak, milliy manaviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli marifiy qurolga ega bo’lamiz. So’zimning oxirini Islom bobomizning Mir Alisher Navoiyga bergan tarifi bilan yakunlamoqchiman ” Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarni – avliyosi,  mutafakkir desak, mutafakkirlarni – mutafakkiri,  shoir desak shoirlarning sultonidir”.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота