В
Все
Б
Биология
Б
Беларуская мова
У
Українська мова
А
Алгебра
Р
Русский язык
О
ОБЖ
И
История
Ф
Физика
Қ
Қазақ тiлi
О
Окружающий мир
Э
Экономика
Н
Немецкий язык
Х
Химия
П
Право
П
Психология
Д
Другие предметы
Л
Литература
Г
География
Ф
Французский язык
М
Математика
М
Музыка
А
Английский язык
М
МХК
У
Українська література
И
Информатика
О
Обществознание
Г
Геометрия
jamal55
jamal55
10.07.2022 20:41 •  Другие предметы

Kuch birlikda mavzusida matn tuzing.Iltimos yordam bering

Показать ответ
Ответ:
al170a
al170a
05.01.2021 20:00

KUCH -BIRLIKDA Agar birlik... hisob bilan o'lchansa, ya'ni molga sotib olinsa, bu birlik - birlik emas, ablahlikdir. Birlik yo'q-baraka yo'q. Egoizm barcha umumiy narsaga g'azab bilan qaraydi, insonni insoniyatdan ajratib, uni alohida mavqega solib qo'yadi, unga uz shaxsidan boshqa, hamma narsa begonadir. 
A. I. Gersen. 
 
* * * 
 
Bir kishi, agar u ulug' bo'lsa ham, bari bir kichikdir. 
 
* * * 
 
Eng yaxshi lazzat, hayotning eng zo'r hursandchiligi - o'zingni kishilarga kerakli va yaqin his etishdir. 
M. Gorkiy. 
 
* * * 
 
Odamlarning birdamlik tuyg'ulari dovullardan zo'r. 
 
* * * 
 
Bir kishining g'ami - hammaning g'amidir. Bir odamning kulfati - hammaning kulfatidir. 
Sh. Kastro. 
 
* * * 
 
Bo'lmagan narsadan qo'rqaverasan... o'lim - o'zingni o'ylaganingdagina bor, agar sen kishilar g'amini esang, o'lim xavfi bo'lmas. 
D N. Mamin-Sibiryak. 
 
* * * 
 
Kollektiv ham xususiy ziyon va ham xususiy foydani yutuvchidir. 
A. S. Makarenko. 
 
* * * 
 
Fard kishi davrda topmas navo, 
Yolg'iz ovuchdan kim eshitmish sado? 
 
* * * 
 
Yo'q hunari, yolg'iz esa o'z kishi, 
Qayda kishi sonida yolg'iz kishi. 
Alisher Navoiy. 
 
* * * 
 
Mening xalqim birlik va ittifoqni, hamjihatlikni yaxshi ko'radi. Tirik ekan bir-birini qo'llab-qo'ltiqlaydi. U tirik bo'lsak, bir yerda, o'lik bo'lsak bir go'rda bo'lamiz, deydi. 
Hamid Olimjon. 
 
* * * 
 
O'zigagina yaxshilikni ravo ko'ruvchi kishini yomon odam deb atash lozim. 
Publiliy Sir. 
 
* * * 
 
Faqat oila uchungina yashash hayvoniy xudpisandlik, bir kishi uchun yashash - pastkashlik, o'zing uchun yashash badnomlikdir. 
N. Ostrovskiy. 
 
* * * 
 
O'z uyingni qo'riqlamoqning eng yaxshi yo'li - o'zgalarning uyini qo'riqlamoqdir. 
Romen Rollan. 
 
* * * 
 
Xudpisandlik - o'zini-o'zi qatl qilishdir. Xudpisand yakka, mevasiz daraxtga o'xshab qurib ketadi. 
I. S. Turgenev. 
 
* * * 
 
Bir yoqadan bosh chiqarib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurlik, bir tirizlik, bir yaqo, englik qiling. 
Turdiy. 
 
* * * 
 
Gar urush tushsa ikki hamdamaro, 
Bot aning tadbirini etmak kerak. 
Biridan ayb o'lsa, zohir, ul biri, 
Uzr aytib aybini yopmoq kerak. 
Ubaydiy. 
 
* * * 
 
Mo'rchalar aylasalar ittifoq, 
Sheri jayonning terisini suyor. 
Pashshalar jam o'lsa bo'lur fil zabun, 
Qilg'usi bir dam ani zeru zabar. 
A Firdavsiy. 
 
* * * 
 
Ikki oshno bo'lmasa ittifoq, 
Ham asror emastur erur ul nifoq. 
Xiromiy. 
 
* * * 
 
Birgalashib ovqatlansang - lazzatlanasan, 
Birgalashib ishlasang - xursand bo'lasan. 
Adigey maqoli. 
 
* * * 
 
Kishilarga muhabbat - eng yaxshi davlat. 
Arab maqoli. 
 
 
* * * 
 
Baxt asosi - birlikdir. 
Qirg'iz maqoli. 
 
* * * 
 
Yakkani bo'ri yer. 
Qoraqalpoq maqoli. 
 
* * * 
 
Umumiy qozon muzda ham qaynar. 
Lezgin maqoli. 
 
* * * 
 
Boshqalarga yordam bersang, kulfat sedi chetlab o'tar. 
Ozarbayjoi maqoli. 
 
* * * 
 
Qo'l-qo'lni yuvar, ikki qo'l betni yuvar. 
Turkman maqoli. 
 
* * * 
 
Birlashgan kuch - yengilmas. 
 
* * * 
 
Birlashgan - tog'ni talqon qilar. 
 
* * * 
 
Og'a-ining omon bo'lsa, odam tegmas, 
Ko'sov soping uzun bo'lsa, qo'ling kuymas. 
 
* * * 
 
To'pdan chiqsang ham, ko'pdan chiqma! 
 
* * * 
 
Qomatiga ishongan, 
Qaddini bukib ketadi, 
Ko'pchilikka ishongan, 
Maqsadiga etadi. 
 
* * * 
 
Bir kishi hamma uchun, 
Hamma bir kishi uchun. 
 
* * * 
 
Ikkovga birov botolmas, 
Otlikka yayov etolmas. 
 
* * * 
 
Tomchi tomib bo'lguncha, 
Daryo oqib bo'ladi. 
 
* * * 
 
Birlashgan daryo bo'lar, 
Tarqalgan - irmoq bo'lar. 
 
* * * 
 
To'dadan ajralgan, to'rga tushar. 
 
* * * 
 
Yolg'iz otning changi chiqmas, 
Changi chiqsa ham dong'i chiqmas. 
 
* * * 
 
Ayrilganni ayiq yer, 
Bo'linganni bo'ri yer. 
 
* * * 
 
Birlashgan - o'zar, 
Birlashmagan - to'zar. 
 
* * * 
 
Do'stlar ahl bo'lsa, ish oson bo'lar. 
O'zbek maqol darp. 
 
* * * 
 
Xashakdan arqon to'qib, fillarni bog'lab qo'yish mumkin. 
Birlashib kurashsalar ojizlar ham g'alaba qilishi mumkin.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота