KEYS “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Zaynab Otabekka ikkinchi xotin bo‘lib turmushga chiqadi. Ma’lumki, Otabek Zaynabga o‘zining istagi bilan emas, ota-ona orzusi tufayli uylanadi. Zaynabga nisbatan hech qachon muhabbat his qilmagan va his qila olmaydi. Aksincha, ota-onasi tomonidan tanlangan kishiga teggan bo‘lsa-da, Zaynab erini sevib qoladi.
Uzoq hijrondan so‘ng, nihoyat Kumush Toshkentga keladi. Ikki sevishgan qalb birlashadi. Muhabbatida Abdulla Qodiriy aytganidek, “shoirona” yuksak tuyg‘ular bo‘lgan Otabek va Kumush baxt nashidasini suradilar. Endi Zaynab uchun qora kunlar boshlanadi. Orzu qilib uni kelin qilgan O‘zbek oyim Kumushga mahliyo bo‘lib qoladi, qaynota har ikki kelinga birdek adolatli bo‘lsa-da, Kumushning ustunligini tan olishini sezish qiyin emas edi. Lekin Zaynab uchun eng og‘iri Otabekning Kumushga muhabbatini o ‘z ko‘zi bilan kuzatish edi. Garchi Otabek Zaynabning yurak dardini bilgani sababli Kumush kelgach, aksincha, unga avvalgidan iliqroq munosabatda bo‘lsa-da, u hech qachon erining yuragidan joy topa olmasligini tabiiy his qilar edi.
Sevilmaslik azobiga chiday olmay, Zaynab Kumushning qotiliga aylanadi. Lekin jinoyati yukini ko‘tara olmay aqldan ozadi.
Siz ushbu vaziyatni qanday baholaysiz?
Savollar
1. Muammo nimadan iborat?
2. Muammoni sizningcha, qanday hal qilsa bo‘lar edi?
3. Muammoni to‘g‘ri hal qilish uchun Zaynab qanday yo‘l tutishi lozim edi?
4. Muammoni hal qilish uchun Otabek qanday harakat qilishi kerak edi?
5. Zaynabni tushunish va oqlash mumkinmi?
5. Zaynabni “o‘z baxti uchun kurashgan” opasi Xushro‘ydan qanday farqi bor? Nima sababdan maqsad sari intilgan va maqsadiga erishgan Xushro‘yning yo‘li Zaynabga kelganda yaroqsiz bo‘lib chiqdi?
6. Manba: “O‘tkan kunlar” romani.
Talabalarga ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyati nimada ekanligini tushunib oling.
2. Muammo yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni axtaring.
3. Topgan yo‘llaringiz ichida muammoga eng yaqin bo‘lgan ikkita omilni ajrating.
muammo shundaki Zaynab Kumushni juda ham yomon kòradi. chunki u Otabekni Kumushga berishga xohlamasdi.
2-savol.
Otabek bilan Zaynab ajirashishlari kerak edi. Chunki ular ajirashishganda Kumush aslo ólmas edi.
3-savol.
U bularning hammasiga chidashi zarur edi.
4-savol.
Otabek ikkidini ham birdek tutishi kerak edi.
5-savol.
Ha. Chunki Zaynab buni oilasini saqlab qolish uchun qilgan edi.
6-savol.
Zaynabning aslida Kumushni òldirish niyati bòlmagan. Lekin opasining qistovlari bilan u shu ishni oilasini saqlab qolish uchun qilgan. Zaynabning opasidan farqi ham uning oilaparvarligida