В
Все
Б
Биология
Б
Беларуская мова
У
Українська мова
А
Алгебра
Р
Русский язык
О
ОБЖ
И
История
Ф
Физика
Қ
Қазақ тiлi
О
Окружающий мир
Э
Экономика
Н
Немецкий язык
Х
Химия
П
Право
П
Психология
Д
Другие предметы
Л
Литература
Г
География
Ф
Французский язык
М
Математика
М
Музыка
А
Английский язык
М
МХК
У
Українська література
И
Информатика
О
Обществознание
Г
Геометрия

Internet odobi haqida insho kerak​

Показать ответ
Ответ:
ElizavetaArtLove13
ElizavetaArtLove13
23.06.2021 13:04

“Internet” so'zi ingliz tilidan olingan jumla bo'lib, tilimizda “xalqaro ma'lumotlar to'ri” degan ma'noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma'lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo'lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko'zlaydigan bo'lindi.

Barchamizga ma'lumki hozirgi davrda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo bo'ylab internetning shiddat bilan rivojlanishi natijasida undan faqatgina ma'lumotlarni qabul qilish hamda tarqatish bilan cheklanib qolmasdan, balki bundanda katta ishlarni bajarish imkoniyatlari tug'ildi. Internet orqali insonlar uzoqdagi do'stlari, yaqinlari bilan bemalol ko'rib gaplashadigan, bir-biriga xabarlar yuboradigan bo'ldi.

Tasavvur qilish uchun birgina misol keltirishning o'zi kifoya qiladi deb o'ylayman. Oddiygina talaba o'yga berilgan vazifani qilish uchun kutubxonaga borishi, u yerdan kerakli kitoblarni qidirib topishi, hamda u yerda o'tirib ikki uch soat o'qib daftarga yozishi kerak bo'ladi. Xuddi shu ishni uyida internet orqali bajarsa juda ko'p foydali tomonlari bo'ladi. O'sha talaba kutubxonaga bormaydi, u yerda vaqtini ketkazmaydi, kerakli ma'lumotlarni internet orqali yaxshilab o'qib o'ziga ma'lumot sifatida olib qolishi ham mumkin bo'ladi. Yana bir misol avvallari bir inson o'zining yaqiniga hat yozmoqchi bo'lsa, u xat yozish uchun qog'oz qalam olishi, unga gaplarni yozishi, uni esa po'chtaga olib borishi kerak bo'lardi. Xat tashuvchi uni olib kerakli joyga elitib bergunicha oradan bir necha kun vaqt o'tardi. Hozirda esa bunday ishlar oddiygina bir hol bo'lib qoldi. O'sha ishlarni internet orqali inson uzog'i bilan besh daqiqada bajarishi mumkin. Bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda internetdan foydalanuvchilarning soni kundan kunga ko'payib, internetdan foydalanish borasida ko'pgina xalqlar ilgarilab ketmoqda. Qirq olti mamlakatda ellik ming kishidan so'rovnoma olgan mutaxasislar yaqin Sharqdagi, shuningdek Xitoyda internetdan foydalanuvchilar bu borada rivojlangan mamlakatlar aholisidan o'zib ketishdi deb xulosa chiqarishdi. So'rovlar natijasiga ko'ra, Misr va Saudiya Arabistonining ellik besh foiz aholisi internetga ko'milib yashaydi. Birorta Yevropa mamlakati o'ntalik ro'yxatga kira olmadi. Rivojlangan mamlakatlar aholisi internetda asosan do'stlari bilan suhbatlashadi. Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Xitoyda esa foydalanuvchilar haftada besh soatdan ko'p vaqtini ijtimoiy tarmoq saytlarida o'tkazadi. Qolgan to'rt soat esa elektron pochta orqali xat jo'natishga sarflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda, aksincha, asosiy e'tibor elektron pochta orqali muloqotga qaratilar ekan. Ijtimoiy tarmoqdan eng ko'p foydalanadiganlar Malayziyaliklar bo'lib, har bir foydalanuvchining o'rtacha ikki yuz o'ttizdan ko'p “internetda do'sti” bor. Malayziyadan keyingi o'rinni Braziliyaliklar egallab turibdi.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота