3- mashq. Gaplarni yozing. Sof fe'llar va vazifaviy shakllarni aniqlab, gapda bajarayotgan vazifalariga izoh bering.
O'n to'rt yoshida Afg'oniston va Hindistonni zabt etib, buyuk im-
periya barpo etgan Zahiriddin Muhammad Boburning ,,Boburnoma"
memuari o'sha davr haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi nodir asar
hisoblanadi. Ushbu asarda u bosib o'tgan yo'llarini, o'sha davr hayotiga
oid tarixiy lavhalarni yoritgan. Shu bilan birga, Oʻrta Osiyodagi shahar
va qishloqlarga oid geografik ma'lumotlar, turli xalqlarning urf-odatlari,
tili, san'ati va adabiyotiga doir ko'pgina ma'lumotlar aks ettirilgan.
1) Alisher Navoiy o'z hayotini ilmga bag'ishlagan inson bo'lgan. Husayn Boyqaroning vaziri bo'lgan vaqtida ham doimo davlatda tichlik saqlashga harakat qilgan. U yangi-yangi iste'dodlarni topib ularga homiylik qilgan, rivojlantirgan va ko'targan. U juda ko'p bilimli insonlarni yetishtirgan.
2) "Boburnoma" memuar asari, o'sha hammamiz bilgan, o'n to'rt yoshida Afg'oniston va Hindistonni zabt etgan Bobur haqida . Muhammad Bobur buyuk imperiya yaratgan edi. U bosib o'tgan yo'l va boshidan kechirganlari "Boburnoma" asarida o'z aksini topgan.
3) Bu asarda Boburning bosib o'tgan yo'llari va o'sha davrdan lavhalar yoritilgan. Shuningdek, shahar va qishloqlar haqidagi ma'lumotlar, tuli xalqlarning urf-odatlari, adabiyoti va san'ati aks ettirilgan.