2- mashq. Gaplarni o'qing. Sifatdoshlarni aniqlang, qanday so'roqqa javob berayotganini ayting: 1. Biz yashayotgan oʻlka ikki daryo oraligʻida joylashgan 2. Bu go‘zallikni ko'rmaganlar armonda qoladi. 3. Musobaqada ishtirok etayotgan o'quvchilar sport zaliga to'planishdi. 4. Aytganing kumush, aytmaganing oltin deydilar. 5. Har kim oʻzi tugʻilgan yurtni jonidan ortiq koʻradi. 6. Otini ayagan yoʻlda qolmas, elini siylagan - choʻlda. 7. Barvaqt qilingan harakat hosilga berar barakat. 8. Qidirgan topadi, intilgan erishadi. 9. Erta ekkan - erta oʻrar.
1- yashayotgan (nima qilayotgan?)
2- kõrmaganlar (nima qilmaganlar?)
3- etayotgan (nima qilayotgan?)
4- aytganing (nima qilganing?), aytmaganing (nima qilmaganing?)
5- tug'ilgan (nima qilgan?)
6- ayagan, siylagan (nima qilgan?)
7- qilingan (nima qilingan?)
8- qidirgan, intilgan (nima qilgan?)
9- ekkan (nima qilgan?)